O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasida: Odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish jinoyatini sodir etgan shaxs uchun jinoiy javobgarlik belgilab qo‘yilganligi, ushbu jinoyatni birinchi marotaba sodir etgan shaxs uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi, o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali, ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan, aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda, qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda, kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi, agarda ushbu jinoyatni o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining
Arxivariusi: A.Abriyeva