‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismining “d” bandida umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan – bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, insonlar tomonidan mazkur toifadagi jinoyatlarni sodir qilish davom etmoqda.
Xususan, Sudlanuvchi S.B Qumqo‘rg‘on tumani “Munchoqtepa” mahallasida yashab kelib, 2015 yil 17 iyunda akasi F.B tomonidan tashkil qilingan Qumqo‘rg‘on tumanidagi “A.X” MChJni 2022 yil dekabr oyidan buyon boshqarib kelib, jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shaxobchasi faoliyatida ichimlik suvidan foydalanish uchun 2025 yil 5 yanvarda “Surxondaryosuvta’minot” AJ Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi bilan №24-sonli ichimlik suvi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzib, shartnomaga asosan hisoblagich o‘rnatgan holda ichimlik suvidan foydalanib, shaxobcha faoliyatida ichimlik suvidan foydalanish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2014 yildagi 194-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizom talablariga zid ravishda, korxonaga qarashli avtomobillarni yuvish shaxobchasida ichimlik suvidan foydalanish uchun “Munchoqtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi 6,71 atmosfera bosimidagi ichimlik suvi quvuriga 2 ta nuqtada diametri 20 mm bo‘lgan polietilen quvurlar orqali hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 2025 yil 28 yanvardan 2025 yil 25 martga qadar jami 5904,8 m3 miqdorda ichimlik suvidan hisoblagichdan tashqari tijorat maqsadlarida foydalanib, “A.X” MChJga qarashli ovqatlanish shaxobchasida ichimlik suvi tarmog‘iga suv hisoblagichsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, qonunga xilof tarzda foydalanishi oqibatida “Surxondaryosuvta’minot” AJ Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limining 46.293.632 so‘mlik ancha miqdordagi ichimlik suvini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudining 2025 yil 21 iyul kunidagi hukmiga ko‘ra, Sudlanuvchi B.S O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismining “b,d” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismining “b,d” bandlari bilan ishlash yoki o‘qish vaqtidan, shuningdek ish yoki o‘qish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtlarda Qumqo‘rg‘on tumani, Munchoqtepa mahallasidagi yashash uyidan chiqishi cheklangan holda 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Jinoyat ishlari byo‘icha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining
Devonxona mudiri Q.Zubaydullayev