Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturining joylardagi ijrosi.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.09.2024 yildagi «Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaror ijrosi Qumqo‘rg‘on tumani, «Tayfang» mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj kambag‘al oilalar va ijtimoiy obe’ktlar misolida o‘rganildi.

O‘rganishda, mazkur qonun xujjatlarini amalda tadbiq etish bilan bog‘liq yechimlar va qilinishi lozim bo‘lgan ishlar xususida mutasaddilarga amaliy tavsiyalarini berishdi.