Konstitutsiyamizda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Shuningdek, Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 24 dekabrda qabul qilingan farmonga muvofiq, “2026-2030 yillarga mo‘ljallangan ayollarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi” tasdiqlandi. Bu hujjat mamlakatda ayollar huquqlarini ta’minlash va ularni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikdan asrashga qaratilgan muhim dasturiy chora-tadbirlar majmuasini belgilaydi.
Shunday bo‘lsada erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan tazyiq tobora ortib bormoqda.
Xususan, Qumqo‘rg‘onlik A.N(Shaxsi o‘zgantirilgan) 2025 yil 26 dekabr kuni soat 21:00 larda Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida joylashgan o‘zining yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i N.X bilan oilaviy masalalarda tortishib qolib, uni qasddan urib do‘pposlab, turmush o‘rtog‘i N.X ning sog‘lig`ining qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badaniga yengil shikast yetkazgan, bundan tashqari, Qumqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan N.Xga 2025 yil 19 dekabr kuni jabrlangan xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonligiga qarshi ximoya orderi berilib ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, uni urib haqoratlab, unga tazyiq va zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirib, himoya orderi talablarini buzganligi aniqlangan.
Sud A.N ni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 592-moddasi 2-qismi va 2061-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib,Unga MJtKning 592-moddasi 2-qismi bilan MJtKning 33-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida, ya’ni 750.000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi, Unga MJtKning 2061-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari miqdorida, ya’ni 375.000 (uch yuz yetmish besh ming) so‘m jarima jazosi, Unga MJtKning 34-moddasini qo‘llab uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida, ya’ni 750.000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlagan.
Bularning barchasi Mamlakatda ayollar huquqlarini ta’minlash va ularni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikdan asrashga qaratilgan muhim deb hisoblayman.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining
tergov sudyasi M.O‘roqov