O‘z uyida foxishaxona tashkil qilgan 

Termiz shahar Bog`ishamol mahallasi Farovon massivida  yashovchi, S.Q. o‘zining yashash xonadonida jinsiy aloqa qilishlari uchun xonadonda sharoit yaratib berib  moddiy manfaat evaziga qo‘shmachilik qilib, uyida foxishaxona tashkil qilib kelgan.

2025 yil 5 may  kuni olingan tezkor maʼlumot asosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida, S.Q. o‘zining yashash uyida “X” ismli shaxsdan fuqaro J.Z bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berish evaziga 250.000 so`m pullarni olgan vaqtida  tadbir ishtirokchilkari tomonidan ushlanib,undan ushbu pullar tegishli pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning  131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi o`qildi.

Sevara Yuldasheva,

Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz shahar sudining sudyasi