
Qumqoʻrgʻon tumani 20-bolalar musiqa va sanʼat maktabida bir necha yillardan beri oʻquvchilarga ʼʼTeatrʼʼ sinfidan oʻz bilim va koʻnikmalarini ulashib, saboq berib kelayotgan Ergashev Kamol akaning oʻquvchilari tanlovlarda, tadbirlarda faol ishtirok etishib faxrli oʻrinlarni egallab kelishmoqda. ʼʼTeatrʼʼ sinfi oʻquvchilari bitiruv oldi imtihonga tayyorgarlik jarayoni hamda ʼʼOchiq darsiʼʼ tashkil etildi. ʼʼBilimga chanqoq aqlli dugonajonlarʼʼ spiktaklini oʻquvchilari moxirona ijro etib berishdi. Ochiq darsni kuzatib tahlil qilgan oʻqituvchilar bu oʻquvchilarning kelajakda yetuk teatr vakillari boʻlib yetishishiga ishonch bildirishdi.
20-bolalar musiqa va sanʼat maktabi kutubxonachisi Ibrahimova Dilbar