11.02.2025 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-1027-son Qonun bilan fuqarolar yig‘ini raislarini saylovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi takomillashtirildi

Qonun bilan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida»gi qonunlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda: fuqarolar yig‘ini raisining vakolat muddatini uch yildan besh yilgacha uzaytirish; fuqarolar yig‘ini raislarini bo‘sh o‘rinlarga besh yil muddatga saylash; fuqarolar yig‘ini raislarini saylovini tashkil etish va o‘tkazishda ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlarini aniqlashtirish.
Mazkur Qonun fuqarolar yig‘ini raislari faoliyatini va ularning saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda ko‘maklashuvchi komissiyalar ishini samarali tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar saylangan fuqarolar yig‘ini raislari o‘z vakolatlarini ular saylangan uch yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi.
Abdurashid Mirzayev,
Oltinsoy tuman adliya bo‘limi DXM yetakchi mutaxassisi