etilish sabablari va omillari”
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar huquq-erkinliklarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng asosiysi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani samarali ijtimoiy himoya tizimini joriy etish hamda yoshlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Ayni paytda mamlakatimiz aholisining 45 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etadi.
Ushbu ko‘rsatkichning o‘ziyoq masala nechog‘li dolzarb ahamiyatga ega ekanidan darak beradi.
Bu jarayonda ota-ona, mahalla-ko‘y, ta’lim muassasalari, umuman, keng jamoatchilik zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanadi.
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi.
Hammamizning oldimizda turgan muhim masala bu yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish.
Chunki, yoshlar bizning kelajagimiz.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston yoshlar o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirilmoqda.Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oila, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilik zimmasiga voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining oldini olish, hududlarda voyaga yetmaganlarning ma’naviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga yordam berish vazifalari yuklatildi.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarni sog‘lom va komil inson qilib o‘stirish va tarbiyalash, ularning sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitni yaratib berish, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishi uchun kutubxonalar tashkil etish borasida turli jamoat va davlat tashkilotlari vakillari, mahallalar faollari bilan hamkorlikda samarali ish olib borsak, har tomonlama bilimli, yuksak mana’viyatli yoshlarimiz yaqin va uzoq istiqbolda mamlakat va xalqimiz hayotining rivojlanishi uchun bor kuch-g‘ayrat va salohiyatini ayamaydi.
Q.Zubaydullayev,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
tuman sudining devonxona mudiri