O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati so‘nggi yillarda uzluksiz takomillashib bormoqda. 2025–2026 yillarda qabul qilingan yangi qonunlar va Prezident farmonlari korrupsiyani oldini olish, shaffoflikni oshirish va jamoat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan muhim qadamlardir.
Eng asosiy tartiblardan biri — 2025 yil 30 dekabrda imzolangan Prezident farmoni bo‘lib, u korrupsiyaga qarshi tizimni yanada takomillashtirishni nazarda tutadi. Farmonga ko‘ra:
Davlat organlarida ichki nazorat bo‘limlari tashkil etilib, ular Antikorrupsiya agentligi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi.
“Digital Compliance” digital nazorat tizimi 2026 yil 1 iyuldan bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu tizim davlat idoralari o‘rtasida ma’lumotlar almashinishni avtomatlashtiradi va korrupsiya xavflarini aniqlashni osonlashtiradi.
Antikorrupsiya agentligiga tezkor ma’lumotlar bazasi va ichki nazorat bo‘limlariga oid majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqi berildi.
Yana bir muhim o‘zgarish — Antikorrupsiya agentligi tomonidan barcha normativ-huquqiy hujjatlar korrupsiya tahlilidan o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Bu davlat organlarida qabul qilinayotgan qarorlar va qonun loyihalari korrupsiya xavflarini kamaytirish uchun alohida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, korrupsiya haqida xabar bergan shaxslar uchun yangi himoya choralari va rag‘batlar joriy etilmoqda. Himoya orderlari asosida xabar beruvchilarni ish joyida bosimdan himoya qilishni ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Parlament tomonidan ham qonunchilik bazasiga ayni paytda bir qator o‘zgarishlar kiritilmoqda. Masalan, yangi qonunlar loyihalari kiritilishida korrupsiya tahlili va jamoat fikrini hisobga olish majburiy tartibga o‘tkazildi, bu qonun chiqarish jarayonini yanada ochiq va shaffof qiladi.
Bu yangi qonunchilik va tartiblar korrupsiyani faqat jazolash emas, balki uni oldini olish va huquqiy faoliyatni ham kuchaytirishga qaratilgan muhim qadamlardir. Yangilangan tizim bilan davlat organlari qattiq nazorat ostida bo‘lib, fuqarolar uchun ochiq va shaffof davlat boshqaruvi muhiti yaratiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining Devonxona mudiri Q. Zubaydullayev