Tadbirkorlarga QQSni hisoblablash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish huquqi beriladi

1-iyundan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibida:

qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha barcha aylanmalarga nisbatan 6 foiz etib belgilanadi;
foyda solig‘i stavkasi 0 foiz etib belgilanadi va soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish huquqi berilmaydi.
soliq solishning umumbelgilangan tartibida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha mavjud imtiyozlar, preferensiyalar va to‘langan soliqning bir qismini qaytarib berish tartibi qo‘llanmaydi, qo‘shilgan qiymat solig‘ining mavjud salbiy farq summasi hisobdan chiqariladi;
mazkur tartibdagi tadbirkorlik subyektlaridan tovarlar va xizmatlarni sotib olgan xaridorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish huquqi beriladi.

Norbo`tayev Sanjar,
TerDU talabasi