“Bolalik sayyorasi” bog‘chasi

Har bir bolaning baxtli bolaligi, sifatli ta’lim va tarbiya olishi jamiyat kelajagi uchun
muhim ahamiyatga ega. Shu sababli maktabgacha ta’lim muassasalari
bolalarning ilk bilim va tarbiya maskani sifatida alohida o‘rin tutadi. Ana shunday
zamonaviy va mehrga boy maskanlardan biri “Bolalik sayyorasi” nomli bog‘cha
hisoblanadi. “Bolalik sayyorasi” bog‘chasi 2020-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa
vaqt ichida mahalladagi eng faol va namunali ta’lim maskanlaridan biriga aylandi.
Bog‘cha Bòston mahallasida joylashgan bo‘lib, qulay va shinam muhiti bilan
ota-onalar hamda bolalarning e’tiborini qozonib kelmoqda. Mazkur bog‘chada
bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Xonalar yorug‘ va ozoda bo‘lib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Tajribali
tarbiyachilar bolalarga nafaqat savod o‘rgatadi, balki ularning odob-axloqli,
mehribon va mustaqil inson bo‘lib voyaga yetishiga ham katta hissa qo‘shadi.
Bog‘chada turli bayram tadbirlari, rasmlar tanlovi, sport musobaqalari va qiziqarli
mashg‘ulotlar muntazam tashkil etiladi. Bu esa bolalarning qiziqishini oshirib,
ularning iqtidorini namoyon qilishiga yordam beradi. Shuningdek, bolalarning
sog‘lom ovqatlanishi va xavfsizligi ham doimo nazorat ostida bo‘ladi. “Bolalik
sayyorasi” nomining o‘ziyoq bolalarga mehr, quvonch va beg‘uborlik ulashuvchi
maskan ekanligini anglatadi. Bu yerda har bir bola o‘zini erkin va baxtli his qiladi.
Bog‘cha jamoasi esa yosh avlodning porloq kelajagi uchun sidqidildan mehnat
qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, “Bolalik sayyorasi” bog‘chasi Bòston
mahallasidagi eng e’tiborli va zamonaviy maktabgacha ta’lim maskanlaridan biri
bo‘lib, bolalarning bilimli, tarbiyali va barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishida muhim
o‘rin egallaydi.

Allanazarova Dilnoza,

amaliyotchi,122-guruh talabasi