“Yuksalish” harakati viloyat xududiy bo’linmasi tomonidan tashkil etiladigan jamoatchilik eshituvi matbuot xabarnomasi

     Ma`lumki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O’zbekiston-20З0” strategiyasi to’g’risida»gi PF-158-son Fаrmоnining 5-bandida «Yuksalish» hаrаkаtiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli farmonining ijrosini muntazam ravishda Jamoatchilik nazorati asosida o`rganib borishi hamda reja asosida har chorak yakunlari bo‘yicha umumlashtirilgan yig`ilishlar o`tkazib borish, aniq ko‘rsatkichlar hamda kamchiliklari aks ettirilgan holda xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining navbatdagi sessiyalarida yozma hisobotlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan.

            Surxondaryo viloyatida “O`zbekiston-2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlovchi “Jamoatchilik guruhi” a`zolari tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2024-yil –“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 60-maqsad: Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish 2-ilova 84-bandi “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 5 taga va uy-joy qurilishi hajmini 3,75 mingtaga yetkazish vazifalar ijrosi yuzasidan viloyatning Angor va Jarqurg`on tumanlarida va 54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish 2-ilova 52-bandi Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini kamida 230 mln dollarga yetkazish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning iyul oyida viloyatning Angor va Denov tumanlarida bo`yicha samarali jamoatchilik monitoring tadbirlari o’tkazilgan edi.

  Joriy yilning 8-iyul kuni »Yuksalish» harakati viloyat hududiy bo’linmasi tomonidan “O’zbekiston-20З0” strategiyasi Monitoring natijalariga ko`ra hududiy dasturning 60-maqsad: Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish 2-ilova 84-bandi “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 5 taga va uy-joy qurilishi hajmini 3,75 mingtaga yetkazish va  54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish 2-ilova 52-bandi Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini kamida 230 mln dollarga yetkazish bo`yicha Surxondaryo viloyatida “O`zbekiston-2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlovchi “Jamoatchilik guruhi” a`zolari ishtirokida Jamoatchilik eshituvi o`tkazildi.

 Kun tartibidagi birinchi eshituv: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2024-yil –“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga Davlat dasturining 60-maqsad: Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish 2-ilova 84-bandi “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 5 taga va uy-joy qurilishi hajmini 3,75 mingtaga yetkazish borasida belgilangan vazifalar ijrosi bo`yicha Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi bosh boshqarmasi Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish va renovatsiya loyihalarini amalga oshirish sho‘basi boshlig‘i xisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi ikkinchi eshituv hududiy dasturning 54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish 2-ilova 52-bandi Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini kamida 230 mln dollarga yetkazish bo`yicha bajarilgan ishlar yuzasidan Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi Surxondaryo viloyati hududiy markazi boshlig‘i xisoboti tinglandi.

Jamoatchilik eshituvida jamoatchilik guruhi a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir so’ngida Jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berildi.