TIBBIY SAVODXONLIK BOʻYICHA MASHGʻULOT


Bugungi kunda sogʻlom hayot tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va o‘z vaqtida davolanish tibbiy savodxonlik darajasiga chambarchas bogʻliqdir. Tibbiy savodxonlik – bu insonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq ma’lumotlarni tushunish, baholash va ulardan to‘g‘ri foydalanish qobiliyatidir. Ushbu mashgʻulotning maqsadi – insonlar orasida tibbiy bilimlarni oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va profilaktik tadbirlarga e’tibor qaratishdan iborat
Kasalliklarning oldini olish: Odamlar o‘z sogʻlig‘i haqida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lsa, erta davolanishga murojaat qiladi.
Sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik: Tibbiy savodxonlik bilan odamlar o‘z ovqatlanish ratsionini va kundalik hayot tarzini sog‘lomlashtiradi.
Tibbiy savodxonlik – bu sog‘lom jamiyat poydevoridir. Har bir inson o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishi uchun tibbiy bilimlarga ega bo‘lishi zarur. Shuning uchun ham tibbiy savodxonlik bo‘yicha mashgʻulotlar muntazam oʻtkazilishi kerak va zarur

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar bilan tibbiy savodhonlikni oshirish maqsadida mashgʻulot tashkillashtirildi.

Harbiy xizmatchi F. Toʻrayev