Taraqqiyot va globallashuv sari dadil qadam

Taraqqiyot va globallashuv sari dadil qadam tashlayotgan insoniyat bugun ko‘plab umumbashariy muammolarga ham duch kelayotir. Iqlim o‘zgarishi, narkobiznes, odam savdosi kabilar qatorida terrorizm va ekstremizm dunyo afkor ommasining jiddiy xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

Terrorizm lotincha «terror» so‘zidan olingan bo‘lib, «qo‘rqitish», «vahimaga solish» degan ma’nolarni anglatadi. U aholining keng qatlamida vahima, qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali siyosiy va mafkuraviy maqsadlarga erishishga qaratilgan jinoiy faoliyatdir.

Xalqaro miqyosda bu tushuncha davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga ifodalaydi. qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini Ekstremizm jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid bo‘lgan keskin radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi.

U mazmuniga ko‘ra diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarda ko‘rinadi. Ekstremistik qarashlar chuqur ildizlarga ega bo‘lib, ular chegara bilmaydi, din, millat, biron-bir mamlakat hududini tan olmaydi. Aslida ularning asl niyati diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi shu g‘oyalardan vosita, niqob sifatida foydalanish orqali mintaqada, muayyan bir davlatda beqarorlikni, diniy va millatlararo nizolarni vujudga keltirish, iqtisodiyotni izdan chiqarish, pirovardida, qurolli to‘qnashuvlar, ya’ni qon to‘kish, zo‘rlik bilan hokimiyatga erishish hisoblanadi.

«Terrorizm» atamasi ilk bor XVIII asr oxirida Fransiyada, inqilobiy to‘ntarishlar davrida ishlatilgan. Uning avj olishi XX asrga borib taqaladi. Xususan, xalqaro terrorizm 1960-yillarning oxirlarida vujudga kelgan va XX asr oxiri – XXI asr boshlarida sezilarli darajada rivojlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan asrning 90-yillari boshiga kelib dunyoda 500 ga yaqin terroristik tashkilotlar faoliyat yuritgan. Ular o‘n yil ichida 6500 ta xalqaro terrorchilik aktini amalga oshirgan. Ushbu teraktlarda 5 ming kishi halok bo‘lgan, 11 mingdan ortiq kishi jabrlangan.

2001-yil 11-sentabrda AQSHda sodir etilgan teraktlardan so‘ng xalqaro terrorizm yanada kuchaydi. Xususan, birgina 2008-yili dunyoda 12 mingga yaqin terrorchilik harakati sodir etilgan. Buning natijasida 56 ming kishi jabrlangan, aksariyati tinch aholi vakillari sanalgan 15 ming kishi dunyodan ko‘z yumgan.

2017-yilda esa 26-mingdan ziyod begunoh insonlar yovuzlik qurboniga aylangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qayd etishicha, ayniqsa, oxirgi 15 yilda terrorizm qurbonlari soni bir necha barobarga oshgan. Ko‘rinadiki, terrorizm va ekstremizm din, millat, chegara bilmaydi. Bu ikki illat hozirgi kunda umumbashariy darajada jamiyat xavfsizligiga, tinch va farovon hayotga tahdid soladigan xavfga aylangan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Aksilterror markazining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ta’kidlanganidek, «…kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda. Bunda noqonuniy faoliyat, yollash va radikal g‘oyalarni targ‘ib etish bo‘yicha faol ishlar milliy chegaralar va qonunchilik normalarini tan olmaydigan internet tarmoqlari hamda kanallari vositasida tobora ko‘p amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida bugungi kunda aholining nisbatan zaif qatlamlari vakillari, jumladan, bizning yoshlarimiz va mehnat migrantlari «onlayn manqurtlashtirish» qurboniga aylanmoqda, turli noqonuniy guruhlarga jalb etilmoqda».

Haqiqatan ham, hozirgi paytda terrorchi va ekstremistik tashkilotlar o‘zlarining g‘arazli niyatlariga erishish uchun ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet tarmog‘idan keng foydalanmoqda. https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi O‘zini do‘st, millatdosh, vatandosh, dindosh qilib ko‘rsatayotgan manfur kimsalar hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yoshlarni, irodasiz, soddadil kishilarni yo‘ldan urishga harakat qilishyapti. Buning natijasida noto‘g‘ri yo‘lga bilib-bilmay kirib qolayotganlar soni, afsuski, ortib bormoqda.

O‘rganishlar, tahlillar, tajriba shuni ko‘rsatadiki, terrorizm va ekstremizm dunyo bo‘ylab ko‘plab insonlarni o‘z domiga tortib ketayotganining asosiy sababi jaholat va ma’rifatsizlikdir. Shu sababli xalqaro miqyosda ta’lim va ma’rifatga chorlov keng targ‘ib qilinmoqda.

Mazkur sa’y-harakatlarga yaqqol misol sifatida davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2017-yilda bo‘lib o‘tgan 72 sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» dasturi bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surganini ko‘rsatish mumkin.

Natijada 2018-yili BMT Bosh Assambleyasi «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik to‘g‘risida»gi rezolyutsiyani qabul qildi. Umuman olganda, O‘zbekiston BMTning terrorizmni global tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi jirkanch va oqlab bo‘lmaydigan harakat sifatida baholashini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatimiz terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 14 ta xalqaro konvensiya va protokolni ratifikatsiya qilgan. Joriy yilda esa BMTning Aksilterror boshqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo‘yicha mintaqaviy ekspertlar kengashi tashkil etildi, to‘liq miqyosdagi sheriklikning yangi «Yo‘l xaritasi» qabul qilindi. Shu Bugungi kunda mamlakatimizda Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya izchil amalga oshirilmoqda.

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bilan bog‘liq bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan, «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi, «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilingan. bilan birga, jamiyatda hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ta’lim sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini yaratish va aholining ishonchli ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilyapti. Xulosa shuki, terrorizm va ekstremizm dunyo aholisining tinchligi va farovonligiga raxna soluvchi illatlardir. Butun dunyo hamjamiyati ushbu yovuzlikka qarshi bir yoqadan bosh chiqargan holda, ma’rifat quroli bilan kurash olib borsagina, uning ustidan g‘alaba qozona oladi

Qumqo‘rg‘on tuman IIB TQX TQKG