HAMSHIRA – 2024 KO‘RIK-TANLOVI

Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida “Hamshira – 2024” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 8 nafar hamshira ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida qatnashdi. Ular tanishtiruv, nazariy va amaliy, siyosiy savol-javoblar, pazandalik, erkin mavzu shartlari bo‘yicha bellashdilar. Ma`naviy ma`rifiy ishlar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Abdurasul Cho‘liboyev davra boshi bo‘lib, tadbirni mazmunli va qiziqarli o‘tkazishda iste`dodini namoyon qildi.

Ko‘p yillik ish tajribalariga ega shifokorlardan Gulbahor Qurbonova hakamlar hay`ati raisi, a`zolari kasaba uyushmasi raisi Dilshoda Shoimqulova, Erkin Pardayev, Abdusamat Hamidov, Jamila Tojiyeva  ishtirokchilarning bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va iste`dodini baholadi. Bolalar bo‘limi navbatchi hamshirasi Surayyo Abdunazarova eng ko‘p ball to‘plab ko‘rik-tanlov g‘olibi bo‘ldi. U viloyat bosqichiga chiqdi.

 Faxrli ikkinchi o‘rinni Kardiologiya bo‘limi navbatchi hamshirasi Diyora Sharipova va faxrli uchinchi o‘rinni Paxtaobod oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi Shahnoza Ko‘charova egalladi. Ularga ma`muriyat va kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar berildi.

                                                                      Nigora O‘ROQOVA,

                                                                       bosh hamshira