GAZ NARXI O‘ZGARDI

“Hududgaz  Surxondayo” gazta`minoti filiali   “Qumqo‘rg‘ontumangaz“ gaz  2024 yil 1 maydan aholi iste`moli uchun tabiiy gaz narxlari  o‘zgarishini ma`lum qiladi. Kub metr o‘lchov birligi uchun narxlar QQS hisobga olingan holda so‘mda belgilandi. Tabiiy gaz kub metr 2024 yil 1 may va 1 iyundan 1500, 2025 yil 1 apreldan 1800 so‘m.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekiston kon-metallurgiya kombinati” AJ va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek budjet tashkilotlari uchun 2024 yil 1 may va 1 iyundan 1800, 2025 yil 1 apreldan 2000 so‘m.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kopressor shaxobchalari (shu jumladan, balansida Avtomobillarga gaz to‘ldirish kopressor shaxobchalari mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar) uchun 2024 yil 1 maydan 1500, 2024 yil 1 iyundan 1800, 2025 yil 1 apreldan 2500 so‘m.

Issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr stansiyalari markazlari uchun 2024 yil 1 may va 1 iyundan 1500, 2025 yil 1 apreldan 1800 so‘m.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga (gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lganda)

a) noyabr-fevral oylari davomida bir oydagi iste`moldan kelib chiqib: – oyiga 500 kub metrgacha 2024 yil 1 may va 1 iyundan 650, 2025 yil 1 apreldan 1000 so‘m; – oyiga 501 k/bdan 2500 k/bgacha 2024 yil 1 may va 1 iyundan 1500, 2025 yil 1 apreldan 1800 so‘m; – oyiga 2501 k/bdan 5000 k/bgacha 2024 yil 1 may va 1 iyundan 1950, 2025 yil 1 apreldan 2100 so‘m; – oyiga 5001 k/bdan 10000 k/bgacha 2024 yil 1 may va 1 iyundan 2275, 2025 yil 1 apreldan 2500 so‘m; – oyiga 10000 k/b va undan yuqori 2024 yil 1 may va 1 iyundan 2600, 2025 yil 1 apreldan 3000 so‘m.

b) mart-oktabr oylari davomida bir oydagi iste`moldan kelib chiqib: – oyiga 100 k/bgacha 2024 yil 1 may va 1 iyundan 650, 2025 yil 1 apreldan 1000 so‘m; – oyiga 101 k/bdan 2500 k/bgacha 2024 yil 1 may va 1 iyundan 1500, 2025 yil 1 apreldan 1800 so‘m; – oyiga 2501 k/bdan 5000 k/bgacha 2024 yil 1 may va 1 iyundan 1950, 2025 yil 1 apreldan 2100 so‘m; – oyiga 5001 k/bdan 10000 k/bgacha 2024 yil 1 may va 1 iyundan 2275, 2025 yil 1 apreldan 2500 so‘m; -oyiga 10000 k/b va undan yuqori 2024 yil 1 may va 1 iyundan 2600, 2025 yil 1 apreldan 3000 so‘m.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga (gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda)

a) ovqat tayyorlash va issiq suv ta`minoti 2024 yil 1 may va 1 iyundan 1500, 2025 yil 1 apreldan 1800 so‘m;

b) isitish uchun 2024 yil 1 may va 1 iyundan 1100, 2025 yil 1 apreldan 1400 so‘m.

Maishiy ehtiyoj uchun aholiga sotiladigan suyultirilgan gaz kg 2024 yil 1 may va 1 iyundan 1600, 2025 yil 1 apreldan 2000 so‘m.

2024 yil 1 maydan aholi uchun tabiiy gaz bir oylik iste`molining bazaviy me`yorlari

Tabiiy gaz (isitish mavsumida): a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktabr-fevral oylarida, b) boshqa hududlarda noyabr-fevral oylari bir oylik bazaviy me`yor 500 kub metr.

Tabiiy gaz (isitish mavsumida): a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart-sentabr oylari,

b) boshqa hududlarda mart-oktabr oylari bir oylik bazaviy me`yor 100 kub metr.

           I.            MUSTAFAQULOV,

“Qumqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta`minoti bo‘limi boshlig‘i