VILOYAT PROKURORI KUBOGI

Viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa bo‘ldi. Qumqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tuman sport maktabi sport zalida umumta`lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol sport turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati prokurori kubogi musobaqalarining  tuman  bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda tumandagi 86 ta umum ta`lim maktablaridan sektorlar kesimida o‘tkazilgan bahslarda 81, 80, 30, 43, 50, 18, 31, 28 va 41-umumiy o‘rta ta`lim maktablari jamoalari faol ishtirok etdi. Sektorlar bosqichi yakuniga ko‘ra 13, 62, 35 va 27-maktab jamoalari tuman bosqichiga yo‘llanma olib ishtirok etishdi.

Musobaqalar yakuniy natijalariga ko‘ra  1-o‘rinni 35-maktab jamoasi, 2-o‘rinni 27-maktab jamoasi, 3-o‘rinni 13-maktab jamoasi egalladi. Tumandagi  35-maktab jamoasi 1-o‘rinni egallab musobaqalarning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

                                                                 O. YODGOROV,        

Surxondaryo viloyat prokurorining yordamchisi, I darajali yurist

                                                                   M. IKROMOV,        

Qumqo‘rg‘on tuman prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi