TUMAN KENGASHI YETMISH IKKINCHI SESSIYASI

Tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi yetmish ikkinchi sessiyasi bo‘ldi. Sessiya ishini tuman hokimi, Kengash raisi Anvar Normamatov boshqardi. Tadbirda tuman Kengashi deputatlari, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari qatnashdi.

Yetmish ikkinshi sessiyasi kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, adliya maslahatchisi Sh. Akramov biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha,  tuman sektor rahbarlarining 2024-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi, Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O. Jiyanov Qonunga muvofiq jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan 2024 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari haqida ma`ruza qildi.

Qumqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari A. Mirzayev yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmagan, qoloqlikka yo‘l qo‘ygan va shartnomaviy majburiyatlarni bajarmagan fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan yer ijara shartnomalarini ko‘rib chiqish haqida hisobot berdi.

Tuman hokimining tegishli sohalar bo‘yicha o‘rinbosari, Toza hudud va Suv ta`minoti bo‘limlari boshliqlarining chiqindilar, oqova va ichimlik suvi qarzdorliklarini undirishdagi faoliyatiga tanqidiy baho berildi. Deputatlar va fermerlar ma`ruzachilarga savollar berib, javoblarini tingladi. Sessiya kun tartibidagi va doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqilgam masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.