HOKIM VA YOSHLAR

Tuman hokimligi va yoshlar ishlari agentligi birgalikda “Hokim va yoshlar uchrashuvi”ni o‘tkazdi. Tuman hokimi Anvar Normamatov Surxon sohili va Ulug‘bek mahallalaridan taklif etilgan 20 nafar yoshlarning masalalarini tinglab, hal etishga e`tibor qaratdi. Hokim bilan yuzma-yuz uchrashgan yoshlar qiziqtirgan masalalari bo‘yicha murojaat qildi. Ular ishga joylashtirish, oilaviy ajrim sababli uy-joy olish, haydovchilik guvohnomasi olish uchun to‘lov, uy-joy va kredit, o‘zaro janjallashish, kompyuterchilikka o‘qish, kredit olib mototexnika xarid qilish, darsni qoldirayotganlik kabi masalalar yuzasidan yordam so‘radi. Tuman hokimi tashkilotlar va muassasalar rahbarlari bilan birgalikda yoshlarning masalalarini hal etish choralarini belgilab oldi.