Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tadbir tashkil etildi

Tumanimizdagi 50-maktabda tuman prokurori katta yordamchisi Shavkat Karimov, mahalla profilaktika inspektori Alisher Ergashov ishtirokida  “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish dolzarb vazifa” hamda “Erta turmushning salbiy oqibatlari” mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha direktor o`rinbosari Sh. Xo‘jamqulov  tadbir davomida o‘quvchilar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, qasddan odam o‘ldirish yoki tan jarohati yetkazish, mol-mulkka tajovuz qilish, firibgarlik kabi jinoyatlarni hamda ayollar, yoshlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarni keskin kamaytirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar e’tirof etildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar yurtimizda aholining tinch-osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan juda muhim va samarali ishlar o‘zining ijobiy natijalarini berayotganini qayd etdilar.

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, giyohvand, tamaki va alkogol moddalarni iste`mol qilishning zararli oqibatlari, narkotik tabletkalar iste`moli natijasida hayotdan ko‘z yumish holatlari, narkologik moddalarni iste`mol qilgan shaxslarning psixologik va tibbiy holati, organizmidagi o‘zgarishlari to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida g‘oyaviy bo‘shliqning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda axborot vositalaridan maqsadli foydalanishni tashkil etish, yosh avlod o‘rtasida o‘z vaqtida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish va ularning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iboratdir.

E’tirof etish joizki, mazkur ta’lim muassasasida bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olishga, yoshlar bilan yaqindan muloqot olib borib, turli axborot xurujlaridan asrashga hamda yurtga muhabbat, uzoq tarixga ega azaliy qadriyatlar, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.

Tadbir so‘nggida o‘quvchilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

              Chori Rasulov,

     50-maktab direktori