YANGI TAYINLOV

Djumayev Baxtiyor Begmatovich O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Djumayev Baxtiyor Begmatovich 10.05.1975-yil Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma`lumoti oliy, Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan, ma`lumoti bo‘yicha mutaxassisligi mashinalar texnologiyasi.

Djumayev Baxtiyor Begmatovich 1996-yilda Qumqo‘rg‘on tumani “Kamolot” jamg‘armasi raisining o‘rinbosari, 2013-yilda Qumqo‘rg‘on tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, 2022-yilda Qumqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari, 2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Mahallalar uyushmasining tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari maqomi, tibbiy, transport va maishiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.