XAVFSIZ TEMIR YO‘L OYLIGI

 «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning Mintaqaviy temir yo‘l uzellarida  “Xavfsiz temir yo‘l oyligi” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda. Buning asosiy maqsadi temir yo‘l transportida harakat tarkiblari va ishtirokchilari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sodir etilishining barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini hamda yo‘lovchi va yuk poyezdlarining xavfsiz harakatlarini ta`minlash, transport obyektlarini “jinoyat va huquqbuzarliklardan holi hudud”ga aylantirishdan iborat. Ushbu profilaktik tadbir jarayonida asosiy e`tibor temir yo‘l yoqasida joylashgan aholi punktlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, bu hududdagi uylarda yashovchi fuqarolar hamda yaqin masofadagi ta`lim muassasalaridagi o‘quvchilar o‘rtasida, fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Mahalla faollarini, ota-onalarni, shuningdek tuman, shahar ichki ishlar idoralarini bevosita jalb qilib qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalarida avtomobil bilan poyezdlar to‘qnashuvining oldini olish, fuqarolar temir yo‘l izlarida qulog‘iga quloqchin taqib yurib poyezdlarni maqsadsiz to‘xtatishlari, maktab o‘quvchilari va fuqarolar tomonidan temir yo‘l izlariga toshlar, turli xil jismlarni qo‘yishi va yo‘lovchi poyezdlari vagonlarining oynalarini toshlar bilan urib sindirishi oqibatida poyezdlar harakatiga xalal berishi, sodir bo‘ladigan turli xil ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar olib borilayapti.

                                            Botir VAITOV,

Transportda XTB XPG katta inspektori, mayor

                                   U. ABDUMURODOV,

Transportda XTB XPG katta inspektori, kapitan