Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulkchilik instituti joriy etilishi va mulk huquqining daxlsizligiga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulkchilik instituti joriy etilishi va mulk huquqining daxlsizligiga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Prezident ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan.

Mazkur hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi:

– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida  elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);

– yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlash;

– jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari bo‘yicha o‘zgarishlar.

Unga ko‘ra, endilikda sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ajratiladigan yerlar bundan mustasno”, jumlalari ushbu banddan olib tashlandi va sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun ajratish to‘liq taqiqlandi.

                         L. G‘oibov,“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish”  AJ Surxondaryo viloyat vakili