“Mehrjon “ bayrami keng nishonlanmoqda

Kuz fasli – to‘kinlik, qut-baraka, pishiqchilik fasli hisoblanadi.  Mehrjon esa  – kuzgi teng kunlikda nishonlanadigan hosil bayramidir. Bu bayram o‘zida kuz faslining butun tarovati, ziynati, fazilatini namoyon etadi. 

4-davlat  maktabgacha ta’lim tashkilotida “Mehrjon “ bayrami keng nishonlandi.

Bunda bolajonlar  o‘z tarbiyachilari boshchiligida jannatmakon yurtimiz, ona zaminimiz, mehnatkash xalqimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etib, milliy xalq o‘yinlari va sahna ko‘rinishlarini  namoyish etishdi,  mevalar, sabzavotlarning rasmlarini chizib, maketlarini tayyorlab, ulardan bejirim shakllar yaratish orqali Ona tabiatning mo‘jizalari va oltin kuz faslining fazilati haqida aniq tasavvur va bilimlarga ega bo‘lishdi.

Tadbir davomida  tashkilot tarbiyachilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi tarbiyalanuvchilari ishtirokida ijro etilgan ona-diyorimizni, oltin kuzni ta`riflovchi she`rlar, kuy-qo‘shiq va hikmatli so‘zlar, raqslar tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.

               Fazilat To`xtayeva,

                          Tarbiyachi