CНEGARA TANLAMAS ILLAT

Odam savdosi hamda terrorizm dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan jiddiy muammolardan biridir. Zero, u hudud va chegara tanlamaydi. Shu bois ushbu jinoyatga qarshi samarali kurash olib borishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Bu borada mamlakatimizda normativ-huquqiy baza shakllantirilgan.

Viloyatimizning barcha muassasa va tashkilotlarida odam savdosi hamda terrorizmga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarga bag‘ishlangan ikki muhim tadbir o‘tkazilmoqda. Jamoatchilik o‘rtasida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan yig‘ilish va uchrashuvlarda odam savdosiga yo‘l ochuvchi sabablar va uning oldini olish omillarini tushuntirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.Tadbir ishtirokchilari mazkur muammoga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishini qayd etib, bu borada o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish lozimligini ta`kidlanmoqda.

Odam savdosi hamda terrorizmga qarshi kurashish deganda nafaqat ushbu jinoyatchilikka qarshi kurashish, balki, eng avvalo, unga zamin yaratayotgan sabab va omillarni bartaraf etish tushuniladi. Ushbu jinoyatlar hamda uning oqibatlari haqida gapirar ekanmiz, bunda avvalo asosiy maqsad aholiga mazkur jinoyatlarning asl mohiyatini yanada chuqurroq tushuntirish, ogohlikka chorlash va fuqarolarimizni ushbu jinoyatning qurboni bo‘lib qolishlaridan asrash choralarini ko‘rishdan iborat.

Ommaviy axborot vositalari mazkur ijtimoiy muammoning oldini olish va unga qarshi kurashishda jamoatchilik ishtirokini yanada oshirishga ko‘maklashishi zarur.

– Ma`lumki, respublikamizda ushbu jinoyatlar bo‘yicha barcha soha xodimlari hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ularning mazkur muammoning oldini olish hamda undan jabr ko‘rganlarni himoya qilish borasidagi loyihalarini amaliyotga tatbiq etishda qatnashmoqdalar.

Terrorizm va odam savdosiga qarshi kurashish faqat ichki ishlar organlari yoki boshqa soha xodimlarining vazifasi deb qarash noto‘g‘ri. Bu borada barcha birdek harakat qilib, yaqindan yordam berishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

                          U. ALIKULOV,

Transportda XTB JKB tezkor vakili, kapitan