O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi ”Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risida”gi 291-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Qumqo‘rg‘on tuman hokimining 2023-yil 10-iyuldagi 135-8-114-F/23-sonli farmoishi ijrosini bajarish va Qurolli Kuchlar tarkibini intelektual salohiyatli, aqliy-ruhiy jihatdan yetuk, bilimli va jismonan sog‘lom chaqiriluvchilar bilan to‘ldirish hamda fuqarolarni 2024-yil muddatli harbiy xizmatga (bir yillik xizmatga) sifatli saralab olish maqsadida tuman mudofaa ishlari bo‘limida 2023-yil 15-avgustdan tanlov o‘tkazilmoqda. Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 18-27 yosh oralig‘idagi chaqiriluvchilarni Qumqo‘rg‘on tuman mudofaa ishlari bo‘limiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Murojat uchun telefon:
76-465-31-55 94-515-76-04
99-447-90-13 95-380-13-13