IS GАZIDАN ZАHАRLАNISHDАN OGOH BO‘LАYLIK

Ma`lumotlarga ko‘ra dunyoda is gazi tufayli sodir bo‘ladigan o‘lim holatlari alkogoldan zaharlanish sababli kuzatiladigan o‘limlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Eng yomoni bu ko‘rsatgichlar yil sayin ortib bormoqda. Yurtimizda ham kuz-qish mavsumida aholining o‘z xonadonlaridagi isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanishi xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida turli ko‘ngilsiz holatlar yuzaga keladi. Аchinarlisi, ayrim fuqoralarning e`tiborsizligi tufayli o‘nlab insonlar bevaqt hayotdan ko‘z yumadi. Uglerod oksidi, ya`ni is gazi hidsiz va rangsiz bo‘lib, inson o‘zida holsizlanish alomatlarini his qilmaguncha uning borligini sezmaydi. Ushbu gazdan zaharlanish uchun esa uning eng kam miqdori yetarli hisoblanadi. Shu bois is gazi “ko‘rinmas qotil” deb ham ataladi. Ushbu gazdan zaharlanish uchun esa uning eng kam miqdori yetarli hisoblanadi. Uglerod oksidi asosan tabiiy gaz, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘larining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Yetarli havo aylanmaydigan sharoitda gazga moslashtirilgan qurilmalarning havoni tortish mexanizmi ishdan chiqishi yoki ventilyatsiya kanallariga havo yetarlicha kirib turishi, uy sharoitida quvurlardan tabiiy gaz sizib chiqishi va pechlar qopqog‘ini yopmaslik oqibatida ham hosil bo‘ladi. U barcha muhitda yuzaga kelishi mumkin, gaz plita duxovkasida ham. Buning asosiy sababi yonish maydonida yetarli kislorod mavjud emasligida. Uy sharoitida quvurlardan gaz sizib chiqishi va pechlar qopqog‘ini yopmaslik oqibatida ham hosil bo‘ladi.

Is gazi organizmga nafas a`zolari orqali ta`sir etib, avvalo, qonga kiradi va gemoglabin xujayralarini zararlaydi. Shundan so‘ng gemoglobin kislorod tashish qobiliyatini yuqotadi. Odam bu gazdan qancha ko‘p nafas olsa, uning qonida shunchalik gemoglobin kamayadi va tanada kislorod yetishmovchiligi paydo bo‘ladi.

 Uglerod oksididan zaharlanish qisqa muddatda yoki sekinlik bilan yuzaga chiqishi mumkin. Bu esa o‘sha muhitda havo tarkibidagi gazning kontsentratsiyasiga bog‘liq. Аgar uning miqdori kam bo‘lsa insonda mushaklar bo‘shashishi, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, ko‘ngil aynishi, qusush, uyquchanlik kuzatiladi.

 Yuqori kontsentratsiyada zaharlanish tezda yuzaga chiqadi va xushdan ketish, tutqanoqlar va nafas to‘xtashi bilan namoyon bo‘ladi. Ba`zida zaharlanishdan 2-3 hafta o‘tib ham bemorlarning vafot etish holatlari qayd etilgan. Shu bois is gazi xavfidan doimo ogoh bo‘lish, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish eng muhimi yuqoridagi sabablarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Is gazidan zaharlanmang! Oilangizga jamiyatga sog‘lom keraksiz. Ogoh bo‘ling! Ehtiyotkorliksizlik sabab o‘zingiz va atrofdagilaringiz hayotiga zomin bo‘lmang! Is gazidan zaharlanishning oldini olishga barchamiz mas`ulmiz!

“QUMQO‘RG‘ONTUMАNGАZ” GАZ TА`MINOTI BO‘LIMI