PROFILAKTIK ISHLAR KUCHAYTIRILMOQDA

Dunyodagi bir nechta davlatlarda bo‘layotgan siyosiy beqarorlik oqibatida qanchadan qancha begunoh insonlarning o‘limi yuz bermoqda. Shuni ta`kidlash joizki, mustaqillikdek ulug‘ ne`matning qadriga yetishimiz kerak.

Yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishimiz zarur. Yurtimiz va aholini mustaqilligimizga rahna solayotgan yovuz insonlardan himoya qilish, Respublikamizda narkotik moddalarining zarari va og‘ir oqibatlari haqida targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, shu turdagi jinoyatlarni sodir etayotgan shaxslarning jinoiy faoliyatlariga chek qo‘yish maqsadida xizmat hududlarimizda  «Xavfsiz hudud» va «Qoradori 2023» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shu munosabati bilan narkotik moddalarni tarqatishining oldini olish, joylarda narkotik moddalari bilan shug‘ullanib kelayotgan va doimiy ravishda oldi-sotti qilayotgan shaxslarni aniqlash, insonlarning hayotiga xavf solayotganligi hamda zararli oqibatlarga olib kelishligi, joylarda diniy ekstremizm a’zolari  ekstremistik mazmundagi adabiyot, varaqa va boshqa materiallar, uyushgan jinoiy guruhlar giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi yoki bedarak yo‘qolganligi uchun qidiruv e’lon qilingan shaxslarni aniqlashga qaratilgan tezkor qidiruvda profilaktik ishlarni kuchaytirilib ijobiy natijalarga erishish nazarda tutilmoqda. Tadbir davomida huquqbuzarlik sodir etgan yoki shubha uyg‘otgan shaxslar haqida hududiy IIO larga xabar berishga e`tibor berilmoqda. Ekstremizmga qarshi kurash davlat va konstitusiyaviy tuzumni mustahkamlash, fuqarolar va millatlararo tinchlikni, hududiy yaxlitlikni ta`minlash, demokratik siyosiy tizimni rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishni talab qiladi.

                                                                          B. VAITOV,

                  Transportda XTB XPG katta inspektori, mayor

                                                             U. ABDIMURADOV,                         Transportda XTB XPG katta inspektori, kapitan