Mehr ulashib

Yordamga, mehrga muhtoj insonlarga har tomonlama ko‘mak berish va ularni qo‘llab-quvvatlash xalqimizga xos ezgu fazilatdir. Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, reabilitatsiya qilish, to‘laqonli hayot tarzini yuritishiga ko‘maklashish, ularga zarur sharoitlar yaratishga doimiy e’tibor qaratilgan. Zero,  tumanimizdagi yana bir ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqaroga  mehr va muruvvat ulashildi.

“Boymoqli” mahallasida yashovchi  I guruh nogironi X.Xo‘jamurodov “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida nogironlik aravachasi bilan ta`minlandi. 

                                                         M. Jaysinov,

“Mahalla”xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi hisobchisi