Ayollar orasida tibbiy madaniyatni oshirish

Hayotdagi barcha go‘zalliklar ayolga bo‘lgan muhabbat tufayli yuzaga kelgan deyishadi.

Yurtimizda  onalar va bolalar salomatligi doim birinchi o‘ringa qo‘yiladi.  Ayniqsa onalar va bolalar  salomatligi uchun kurash va muhofaza qilish Davlatimiz va tibbiyotimizda yuksak darajada va e`tibordadir. Ayolning  bolalik, o‘smirlik davridanoq  reproduktiv salomatligiga katta ahamiyat berish      ma`suliyatli vazifa hisoblanadi. Reproduktiv salomatlik bu to‘liq jismoniy aqliy va ijtimoiy muvaffaqiyatlar holati hamdir.                                                                  

 Reproduktiv salomatlikka erishish uchun:         

1) Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish.                                         

2) To‘g‘ri ovqatlanish.

3) Mehnat va dam olishni oqilona tashkil etish.                                                           

4) Zararli odatlardan voz kechish.                                                                                

5) Turli stres holatlardan saqlanish  (kuchli hayajon, qo‘rquv).                                   

6) Shikastlanishdan ehtiyot bo‘lish.                                                                              

7) Doimiy akusher-ginekolog nazoratida bo‘lishi zarur.            

8) Ertalabki  15 minutlik  badan tarbiya va  jismoniy  mashqlar  oltin  standartga  aylanishi kerak.

Oila qurish uchun eng qulay davr:

Qizlar uchun 20-24 yosh.

Yigitlar uchun 24-26 yosh.

Yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikohlar oilalarda ko‘pincha aqliy va jismoniy nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Farzand ko‘rish uchun eng maqbul davr 20-30 yosh hisoblanadi va homiladorlik istalgan bo‘lishi shart. Yoshi 35 yoshdan va undan yuqori bo‘lgan ayollardagi  homiladorliklar  nafaqat ayolning  salomatligiga, balki tug‘ilajak farzandlar uchun ham xavflidir. Chunki ushbu yoshdagi  ayollarda  ichki  a`zolarining kasalliklari (kamqonlik, endokrin, yurak-qon tomir, buyrak  kasalliklari) va boshqalar ko‘p  uchraydi.                                                                                          

Oilaning  tinchlik  va  farovonligi  sog‘lom farzand  dunyoga kelishi,  barkamol  voyaga  etishi  ayollar  sog‘ligiga juda ham  bog‘liqdir.               Buning  uchun  ayollarimiz  1 yilda  1  marta tibbiy  ko‘rikdan  o‘tib  turishlari  lozim. Qon  tahlillari, UZI tekshiruvlari , mammografiya (ko‘krak bezlari salomatligi  uchun) flyuragrafiya va mutaxassis ko‘rigidan o‘tib turish ginekolog, terapevt, urolog, dermatolog, okulist, stomatolog  va boshqa  ko‘riklardan o‘tishlari  lozim. Odam  papilomasi virusiga qarshi emlanish  14 yoshdan to 45 yoshgacha  onkokasallliklarning  oldini  olish uchun  emlanishlari kerak.       Har  bir inson, shu  hisobdan  ayollarimiz  ham o‘z  salomatliklarini  asray  bilishlari, tana  vaznlarini  me`yorida  saqlashi  tabiiy ovqatlanishlari va  jismonan zaif  bo‘lmasliklariga  tilakdoshimiz.                                            

                                                             SH. YULDASHYEVA,

Aholi  Salomatlik  va  strategik  rivojlanish  instituti  bo‘limi                                                                           vrachi