BOZORLARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA QAT’IY RIOYA ETAYLIK!

Ma’lumki, bozorlar aholi eng ko‘p to‘planadigan hududlardan biri hisoblanadi. Do‘konlar, savdo rastalari sotuvchilar, xaridorlar bilan to‘lib-toshadi. Maboda biror-bir nohush hodisa sodir bo‘lsa, barcha birdek jabr ko‘radi.

Bozorda turli do‘konlar bilan bir qatorda umumiy ovqatlanish shaxobchalari, qassobxonalar ham faoliyat yuritadi. Ularning ba’zilari sanitariya-gigieyina qoidalariga amal qilishadi, ba’zilari esa yo‘q. Shu bilan bir qatorda Respublikamiz miqyosida bozorlarda yuz berayotgan yong‘inlarning oqibatlari va keltirgan moddiy zarari anchagina iqtisodiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmayapti. Shunday ekan bozorlarda oddiygina yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki unga etiborsizlik bilan qarash, yuzaga kelgan yong‘inda birlamchi harakatlarni to‘gri amalga oshirolmaslik kichkina ko‘lamdagi yong‘inning juda katta maydonlarda zararli oqibatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Tuman FVB rahbariyati va xodimlari ishtirokida hududda joylashgan bozorlarda aholi va tadbirkorlar ishtirokida tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirilib borilmoqda. Demak, belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilish, elektr moslamalaridan foydalanish davomida ehtiyotkor bo‘lish lozimligi, elektr simlarini himoya qobig‘isiz, ochiq havodan o‘tkazish mumkin emasligi, bozor hududida yong‘in-qutqaruv avtomobillarini emin-erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni sun`iy ravishda yaratmaslik kerakligi aholiga yetkazib borilmoqda.

                                                                      B.Boboqulov,

                        Qumqo‘rg‘on tumani FVB boshlig‘i, mayor