10-IYULDAN  10-AVGUSTGACHA YURTIMIZDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DOLZARB 30 KUN” TADBIRI O‘TKAZILMOQDA!

Qumqo‘rg‘on tumanida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb 30 kunlik” tadbirlar boshlandi.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5 iyul kunidagi 418-F-sonli farmoyishiga asosan 2023-yilning 10 iyul kunidan 10 avgust kunigacha mamlakatimizda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb 30 kunlik” tadbirlari amalga oshirilishi belgilandi.

Tadbir doirasida barcha tuman va shaharlarda Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in bilan bog‘liq turli baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tashkilot va idoralarda, ijtimoiy obyektlarda, aholi orasida targ‘ibot tadbirlari olib borilishi ko‘zda tutilgan.

Aziz tumandoshlar “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb 30 kunlik” tadbirlarda faol ishtirok eting.

                                                                                                                        A.Toshtemirov,

                                                        Qumqo‘rg‘on tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan