Tegishli hujjatlarsiz transport vositalarini boshqarish oqibati

Xalqimizda ko‘za kunda emas, kunida sinadi degan naql bejizga aytilmagan. Kamol Berdiyev (ism familyasi o‘zgartirilgan) ham otasiga tegishli bo‘lgan avtomashinani  transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmasada boshqarib yurgan.

30 aprel kuni ham avtotransport vositasini boshqarayotib orqaga qayirib olayotgan vaqtda  “Tiko” rusumli avtomashinaning yo‘liga to‘satdan chiqib ketadi hamda o‘zi, “Tiko” avtomashinasi haydovchisi S.Jalilov (ism familyasi o‘zgartirilgan) ning avtomashinasida bo‘lgan voyaga yetmagan N. Lolayev (ism familyasi o‘zgartirilgan) lar tan jarohati olishgan. S.Jalilovga yetkazilgan zararni qoplab berish uchun moddiy imkoni yo‘qligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymom ekanligini bayon qilib, suddan qonuniy yengillik berishini so‘ragan. Sho‘rchi tumani “Oqkamar” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazilgan ochiq sayyor sud majlisida Huquqbuzar Kamol Berdiyevdan jabrlanuvchi S. Jalilov foydasiga yetkazilgan zarar uchun 10.500.000 (o‘n million besh yuz ming)so‘m , O‘zbekiston Respublikasi  MJtK ning 133-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 6 (olti) baravari, ya`ni 1.800.000 (bir million sakkiz yuz ming) so‘m jarima davlat daromadiga undirilish jazosi tayinlandi.

                                                               A. Eshmuratov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi arxivariusi