Ochiq suv havzalarida cho‘milishda ehtiyot bo‘ling!

Yozning qaynoq havosi kishini salqin joylarda, suv havzalari atrofida vaqt o‘tkazishga undaydi. Ayniqsa bolalar ta`til vaqtida daryo, soydan beri kelishmaydi. Biroq, suzish mumkin bo‘lmagan havzalarda cho‘milish inson hayoti uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin.

Ehtiyotsizlik oqibatida inson o‘z umriga zomin bo‘lib qolishi mumkin.

Xodimlar tomonidan cho‘milish uchun ochiq suv havzalarida suvning harorati 17 darajadan yuqori va 30 darajadan past bo‘lishi kerakligi, cho‘miluvchilar esa qizib turgan paytda sovuq suvga birdan tushmasliklari aks holda tomirlar tortishi va bu orqali cho‘kish holati yuzaga kelishi mumkinligi borasida qat`iy ogohlantirishlar berilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, “Cho‘milish taqiqlanadi” belgilari o‘rnatilgan maskanlarda aslo cho‘milmang! Farzandlaringizni nazoratga oling! Imkon qadar cho‘milish va suzishga mo‘ljallangan suv havzalaridan foydalaning. O‘zingiz va farzandlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang. Suzishni bilish har doim ham cho‘kishdan qutqarib qolmasligi mumkin. Shunday ekan ogoh va hushyor bo‘ling.

         G‘ayrat Ashurov,

 Qumqo‘rg‘on tuman IIB JXX XPB VE va YOBIG katta inspektor psixologi, podpolkovnik.