UMRA HAJ SAFARIGA JO‘NATISHDAGI FIRIBGARLIK

Musulmonchilik asta-astachilik, degan dono xalqimiz. Davlatimiz fuqarolarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, umra haj safariga borib-kelishiga shart-sharoitlarni yaratdi. Hozir musulmonlarga imkon yanada ko‘paydi. Yilning Qurbon hayiti vaqtidan boshqa paytlarda umra safariga jo‘natuvchi subyektlar faoliyat ko‘rsatayotganligi haqidagi e`lonlar ham paydo bo‘ldi. Bunday qulaylikdan foydalangan odamlarning xursandchilk gaplarini eshitish yoqimli, albatta. Yolg‘on gapga ishonmaslik zarurligi haqidagi gaplarning to‘g‘ri chiqqanligi esa barchani o‘ylantiradi.

1995 yil 4 iyulda Qumqo‘g‘on tumanida tug‘ilgan B. N. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) muqaddas umra haj safariga jo‘natishdek savobli ishda firibgarlikka berildi. U 2022 yilning iyul oyida Termiz shahridagi Davlat xizmatlari markazidan ro‘yxatdan o‘tib ”Yuridik xizmat cansultingi” MCHJ ochib faoliyat yuritgan. Shu yili noyabr oyida Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Besh qahramon” mahallasida ijara ofesi ochib fuqarolarni umra haj safariga jo‘natishni e`lon qilgan. “Azlarsoy” mahalasida yashovchi J. P. dan 1950 AQSH dollari, D. K. dan (ismlar, familiyalar o‘zgartirildi) 2350 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan. Noyabr oyida pullarni olgan bo‘lsada fuqarolarni surunkali ravishda aldab, bir necha marta jo‘natish vaqti boshqa sanaga o‘zgartirildi deb aytgan. Ulardan olgan pullarini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

Oqibatda otasini umra haj safariga yuborolmay sarson-sargardon bo‘lgan o‘g‘il IIBga ariza bilan murojaat qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘g‘on tuman sudi ochiq sud majlisi o‘tkazib firibgarning qilmishlarini ko‘rib chiqdi. Odil sudlov natijasida fuqarolarga yetkazilgan sarar to‘liq qoplandi. Firibgarga ish haqining 20 foizi miqdorini davlad daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ma`lum muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Umra haj safari orzusida adashgan, ularni muqaddas ziyorotga jo‘natishda firib ishlatgan fuqarolarning qismati shu tariqa yakun topdi. Hurmatli fuqarolar, yolg‘onchi kimsalar faoliyatidan ogoh bo‘ling. Shoshilib ularning tuzog‘iga tushib qolmang.

                                                                                    O. ERGASHEV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumani sudi raisi