SIZNI SOG‘INDIM OTA

Derazamning ostida tongda,

         Sayragan qush sizmasmu, Ota.

                         Yo to‘nimga ko‘klam mozorda,

                                         Yopishgan gul sizmasmu, Ota.

                                                                Xurshid Davron

Baxtiyor bolaligimni bot-bot eslayman. O‘sha baxtli kunlarimga qaytgim keladi. Ko‘z o‘ngimda mehribon otajonimning siymosi gavdalanaveradi. Otamni eslash, u haqida biror-bir voqeani qoralab yozish men uchun oson emas. Chunki, har bir inson bolasi o‘zi ishongan, suyangan kishisidan vaqti kelib judo bo‘lsa, bu yorug‘ dunyo uning uchun zimistonga aylanadi. 2016 yil otajonim bizni tark etib, Ollohning huziriga ketdilar. Ularning, faqatgina yaxshi nom va men uchun o‘rnak bo‘lguvchi hayotiy tajribalari meros bo‘lib qoldi. Otam yosh tanlamas, go‘dakdan tortib keksalargacha bir xil munosabatda bo‘lardilar.

Otam uzoq yillar maktabda ilmiy rahbar, «Qarsoqli» mahallasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. Otam bizni hayotda o‘z o‘rnimizni topishimiz uchun  katta e’tibor berar edi. Ota-ona o‘g‘il bolani o‘zi uchun o‘qitsa, qiz bolani olloh uchun o‘qitadi derdi. Ollohga shukurki otajonim o‘gitlari bilan farzandlarimizning komil inson bo‘lishiga harakat qildik. Ba’zan biror nimadan xafa bo‘lsak, bizga yaxshi tarafini ko‘rsatishga harakar qilardi.

Otajon siz onajonim, farzandlaringiz, jigarlaringiz, do‘stlaringiz, nabiralaringiz, chevaralaringiz qalbida abadul abad o‘rnak bo‘lib yashaysiz.

Duolarda eslaymiz,

         Ruhingizni aylab shod.

                         Qalbingiz yodimizda,

                                         Demakki siz barhayot.

                                                          Zamira Beknazarova,

                                                    5-maktab targ‘ibotchisi