BIZ BIR MAMLAKATDA YASHAYOTGAN YAGONA XALQMIZ

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qadimdan yurtimizda turli madaniyat, til, urf-odatlar, o‘z turmush tarziga ega bo‘lgan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi, bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan turli xalqlar, millatlar yashab kelayotgan O‘zbekiston atalmish zaminimizda 15-21 noyabr kunlari «16-noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuni» munosabati bilan «Bag‘rikenglik haftaligi»deb e’lon qilindi. Tumandagi 33-sonli umumta’lim maktabimizda ham shu haftalik dorasida 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «O‘zbekiston-bag‘ri keng diyor» nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Bu tadbirni o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad shu ediki, ular orasida do‘stlik muhitini shakllantirish, Vatanga muhabbat va sadoqat hissini kuchaytirish,milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga o‘rgatishdan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat edi. Tadbirda turli millat va elat vakillari kiyimlari namoyish etildi, turli tillarda she’rlar, qo‘shiqlar, raqslar hatto urf-odatlar ko‘rsatib berilgan sahna ko‘rinishlari ham ijro etildi. Maktab musiqa to‘garagi a’zolari musiqiy chiqishlari bilan tadbirimizni yanada boyitdi.Rasm tanlovi o‘tkazildi.Turli millat kiyimlarini chizish bo’yicha, qisqasi bizning maktabda ham «Bag‘rikenglik haftaligi» juda keng miqyosda tashkil etildi.Bunday tadbirlarni o‘tkazish mehr-sahovat, o‘zaro hurmatning amaldagi yorqin ifodasi deb o’ylayman.

Zulfiya Bo’ronova,

                                                      Texnologiya o’qituvchisi