Giyohvandlik – asr vabosi!

Giyohvandlik – asr vabosi! Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar va huquqbuzarliklar, ularni sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlari, oldini olish uchun e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan.

Insoniyat tarraqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Giyohvandlik insoniyatni jismoniy va ruhiy jihatdan tubanlikka eltuvchi, aql-idrokdan mahrum etib, ikki dunyo xorligiga yetaklovchi ofatdir. Giyohvand moddalar insonni ayni kuch-quvvatga to‘lgan davrida alkogolga nisbatan 4-6 barobar tezroq halokatga uchratadi. Insoniyat taraqqiyotning yangi cho‘qqilarining zabt etmoqda. Biroq jahonda halqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir.Tibbiyot qo‘llanmalarida keltirilishicha, qoradori inson organizmiga kirgach, ichaklarga surilib, qorindagi qon aylanish yo‘li bilan jigarga yetib boradi. Natijada jigar xujayralari ta’sirlanib, sirroz kasalligini keltirib chiqaradi. Qoradori qayta-qayta iste’mol qilinishi oqibatida jigar sirrozi kuchayib boradi. Jigar kichrayib, qotib qolgach, faoliyati susayadi. Uning xujayralari atrofida yog‘lar cho‘kib qoladi. Giyohvand moddalarning oqsillari xalaqit bergani uchun yig‘ilib qolgan za­rarli moddalar qon aylanishi bilan markaziy asab tizimiga qadar yetib boradi. Asab xujayralari ishdan chiqib, yaroqsiz holatga kelgach, bemorning ko‘rish, eshitish, hid bilish, fikr yuritish, issiq-sovuqni, qattiq-yumshoqni, shirin-achchiqni sezish qobiliyati yo‘qoladi.

Ma’lumki, asab xujayralari hayot moddasi sanalmish protoplazmadan tarkib top­tan. Qoradori yetib borishi natijasida u o‘z harakatini tezlashtiradi yoki o‘ta susaytiradi yoxud tirishish-tortishish holati paydo bo‘ladi. Protoplazmaga o‘tkazilgan bunday salbiy ta’sirlar kishini giyohvand modda iste’molisiz yashay olmaydigan holatga keltirib qo‘yadi.

Ismoilova Ruxshona,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi