HAKAMLIK SUDLARI FAOLIYATI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI

Mamlakatimizda nizolarni hakamlik sudlarida hal qilish mexanizmi joriy etilganligi fuqarolarning hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashda, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda hamda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga tahlillar hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, hakamlik sudlariga qoʻyiladigan talablarni aniqlashtirish, hakamlik sudlari faoliyatini hamda hakamlik muhokamasini xalqaro standartlarga moslashtirish zaruriyati mavjudligini koʻrsatdi.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hakamlik bitimi taraflari boʻlishi mumkin emasligini, yer bilan bogʻliq, binolar va inshootlarga egalik huquqini belgilash hamda budjetdan pul undirish bilan bogʻliq nizolar hakamlik sudlari tomonidan hal etilmasligini belgilovchi, shuningdek budjet intizomi mustahkamlanishini, masʼul shaxslarning javobgarligi kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun hakamlik sudlari faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslarini mustahkamlash, malakali hakamlik sudyalari korpusini shakllantirish hamda budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash uchun xizmat qiladi
“1759-modda. Hakamlik sudlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Hakamlik sudlarini qonunga xilof ravishda tashkil etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat organlarining, tashkilotlarining va muassasalarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hakamlik bitimi taraflari boʻlishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qonunga xilof ravishda hakamlik sudi qarorlarining ixtiyoriy ijro etilishi, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “1758” raqamidan keyin “1759” raqami bilan toʻldirilsin;
3) 2452-moddaning ikkinchi qismi “Ushbu Kodeksning” degan soʻzlardan keyin “1759” raqami bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-64-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 541-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 2, 105-modda, № 12, 1286-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining nizomi — hakamlik sudini tashkil etgan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjat boʻlib, u doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining huquqiy maqomini, tashkil etilishini, faoliyatini tartibga soladi, shuningdek uning mazkur hakamlik sudini tashkil etgan nodavlat notijorat tashkiloti hamda boshqa yuridik shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi”;
beshinchi xatboshisidagi “yuridik shaxs” degan soʻzlar “nodavlat notijorat tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshisidagi “nodavlat organ” degan soʻzlar “nodavlat tuzilma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hakamlik sudlarini tashkil etishi hamda hakamlik bitimi taraflari boʻlishi mumkin emas”;
3) 6-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etiladi va uning huzurida faoliyat koʻrsatadi.
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi nodavlat notijorat tashkiloti doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilganida, doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va kamida uch nafardan iborat hakamlik sudyalari roʻyxatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan nodavlat notijorat tashkiloti uning tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalarini hakamlik sudi joylashgan yerdagi adliya organiga yuboradi”;
4) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hakamlik sudlari maʼmuriy, oilaviy va mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, yer bilan bogʻliq, binolar va inshootlarga egalik huquqini belgilash, budjet tizimi budjetlaridan hamda davlat organlaridan, tashkilotlaridan va muassasalaridan, davlat ishtirokidagi korxonalardan, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan pul mablagʻlarini undirish bilan bogʻliq nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi”;
5) 14-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Hakamlik sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus dastur asosida oʻquv kursidan oʻtishi hamda oʻz bilimlarini va kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirib borishi kerak”;
birinchi — toʻrtinchi qismlari tegishincha ikkinchi — beshinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlgan shaxs” degan soʻzlar “muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “yuridik shaxs” degan soʻzlar “nodavlat notijorat tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 35-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Hakamlik muhokamasida hakamlik sudyasi boʻlgan shaxs mazkur hakamlik muhokamasida taraflarning vakili sifatida ishtirok etishi mumkin emas”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
8) 38-moddaning uchinchi qismidagi “35-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar “35-moddasining toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 40-moddaning ikkinchi qismidagi “35-moddasining uchinchi qismi” degan soʻzlar “35-moddasining toʻrtinchi qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 46-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida, huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar esa hakamlik sudi hal qiluv qarori qabul qilinganligi ularga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida vakolatli sudga ushbu hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻrab ariza berish yoʻli bilan hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashishi mumkin”;
11) 49-modda:
birinchi qismi “ijro etiladi” degan soʻzlardan keyin “bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Hakamlik sudining hal qiluv qarori davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ixtiyoriy ijro etilishi mumkin emas”
Ushbu Qonun hakamlik sudlari faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslarini mustahkamlash, malakali hakamlik sudyalari korpusini shakllantirish hamda budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash uchun xizmat qiladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi B.B.Tagayev