Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish

Keyingi yillarda mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning manfaatlarini himoya qilishga, ularning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan kafolatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni sudlanmagan deb hisoblashning alohida tartibini belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishini, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligini yanada liberallashtirishga xizmat qiladi va o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsga hayotini sudlanganlik tamg‘asidan holi tarzda davom ettirishi uchun sharoit yaratadi.

Xususan, 77-modda kuyidagi mazmundagi oltinchi qismi «O‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan hisoblanadi, bundan o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno» deb bilan to‘ldirildi;

Shuningdek, 841-moddaning matnidagi «olti oydan» degan so‘zlar «bir oydan» degan so‘zlar bilan almashtirildi,

Shu kabi, 85-moddaning birinchi qismidagi «olti oydan» degan so‘zlar «bir oydan» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Ushbu qonun voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni sudlanmagan deb hisoblashning alohida tartibini belgilashning ya’na bir isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi                                        B.Tagayev

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Qumqo‘rg‘on tuman sudining

tergov sudyasi                                                                        M.O‘roqov