Ayol Baxti

Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko’rki. Ayollar bilan hayotimiz go’zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi farovon. Chunki ayol mehnati bilan jamiyat to’laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi.

Shu bois mamlakatimizda xotin-qizlarga munosib shart-sharoitlarni yaratib berish, ularni hayotdan rozi bo’lishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o’rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o’rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi.

Bugungi kunda mamlakatimizda erkaklar va xotin-qizlarga teng huquq va imkoniyatlarni yaratish, gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan huquqiy asoslar mustahkamlandi. Yurtimizda ayol rahbarlar — vazirlar, hokimlar, ishlab chiqarish birlashmalari, bank va kompaniyalar raislari, huquq-tartibot idoralarida, Qurolli Kuchlarimiz tarkibida mas’ul vazifalarda xizmat qilayotgan opa-singillarimiz soni ortib bormoqda.

Xotin-qizlar ham zimmalaridagi mas’uliyatni to’liq his etib, qaysi sohada bo’lmasin, samarali mehnat qilib, yurt ravnaqi, xalq farovonligiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelishmoqda.Ma’lumki, bugungi kunda xotin-qizlar manfaatlarini oila, mahalla va jamiyat manfaatlaridan ajratgan holda tasavvur etib bo’lmaydi. Ana shu masalalarni kompleks hal etish, bu borada davlat siyosatini yanada yuqori bosqichga ko’tarish yangi vazirlikning asosiy vazifasi sifatida belgilandi.

Bugungi kunda xotin-qizlarning ijtimoiy turmushini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, respublikamizning barcha hududlarida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etildi.

Yoqubjonova Ruqiyaxon,

amaliyotchi talaba,TerDU, o`zbek filologiyasi fakulteti 4 bosqich talabasi