Harakatda – baraka

Bulgʻor qalampiri ( xalq tilida balgarski ) dunyoning koʻplab mamalakatlarida keng iste’mol qilinadigan zabzavot ekanlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek bulgʻor qalampiri tarkibida C,A va B vitaminlari mavjud. Bulgʻor qalampirini yetishtirish va undan keladigan foyda haqida ma’lumot olish uchun Qumqoʻrgʻon tumanidagi «Uyas» mahallasida yashovchi Norqulov Ixtiyor akaning uyida mehmonda boʻldik. Ixtiyor akaning tomorqasida jami 10 sotix issiqxonasi bolib, isitish moslamasi va tomchilatish texnologiyasi bilan jihozlangan. Issiqxonaga 5500 tup bulgʻor qalampiri ekilgan bo`lib, 1 yilda 25, 30 million soʻm harajat qilib, oʻrtacha 150, 160 million soʻm foyda olishmoqda. «Uyas» mahallasining 70 % xonadonlarida issiqxonalar mavjud boʻlib, yurtimiz va boshqa chet davlatlarga bulgʻor qalampiri eksportini yoʻlga qoʻyib, uning ortidan anchagina foyda olishmoqda.

Quvonchbek Xudoyberdiyev,

TerDU o`zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi