O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 278-moddasida Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, shu jumladan ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash uchun yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan bo‘lsada.
Jarqo‘rg‘onlik 1976 yil 20 iyul kuni Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan Choriev Bazar Odilovich (shaxsi o‘zgantirilgan), Jarqo‘rg‘on tumani, Maslahattepa mahallasida yashab kelib, o‘zi istiqomad qiladigan yashash uyida 2025 yil 28 avgust kunidan 29 avgust kuniga o‘tar kechasi qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil etib, fuqarolar P.F, Ya.S va Q.Jlarga pul mablag‘i tikkan holda tavakkalchilikka asoslangan o‘yin o‘ynash uchun sharoit yaratib berganligi tuman IIB TQX JQB hodimlari tomonidan aniqlanib, B.Chorievning o‘zidan ushbu o‘yinni o‘ynash uchun sharoit yaratib berganligi evaziga olgan 60.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘lari, qimor uynash uchun mo‘ljallangan 2 quti DBK kartalar hamda o‘yin ishtirokchilaridan jami 865.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘lari daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.
Sudlanuvchi B.Choriev sudda, o‘ziga quyilgan aybga iqrorlik bildirib, Qumqo‘rg‘on tumani “Nurli diyor” mahallasidagi 68-sonli maktabda xo‘jalik mudiri sifatida ishlashligini, bundan tashqari, yashash uyida biror bir tanishlari iltimos qilsa go‘sht qovurib berish bilan shug‘ullanib turishini, 2025 yil 28 avgust kuni kechki payt 21-30 larda yashash uyiga o‘ziga ilgaridan tanish bo‘lgan mahalladoshi A.Sh unga notanish ikki nafar erkak kishi bilan kelganligini, A.Sh unga ushbu ikki nafar shaxslar Qashqadaryo viloyatidan mexmonlari ekanligini, ular ovqatlanish uchun kelishganini aytib, ularga dam olib ovqat tayyorlab berishni so‘raganligini. shunda mayli deb, o‘zi futbol o‘yini borligini aytib ikki nafar sheriklarini qoldirib o‘zi tashqariga chiqib ketganligini, ikki nafar shaxslarga 0.5 kg. go‘sht qovurib berganligini, ular ovqatlanishganidan so‘ng bir oz supada yotib dam olishganligini, soat taxminan 22-00 larda mahallada yashovchi Safar ismli shaxs bilan uyiga kelgan shaxslarning telefonida gaplashganligini, unga uyiga ilgaridan tanish bo‘lgan hozirda Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi Farxod ismli tanishi bilan birga kelishini aytganligini, keyinchalik soat taxminan 23-30 larda Farxod unga telefon qilib, “avtomashinagizda uyimga olib borib qo‘ying pulingizni beraman” deganligini, shunda o‘ziga tegishli bo‘lgan Neksiya-1 rusumli mashinada yashash uyi joylashgan ko‘chaning boshiga chiqib Farxodni mindirib olganligini, u bir o‘zi ekanligi, bir oz mast holatda ekanligi, u mashinaga minganidan so‘ng, u yashash uyiga bormasligini, yashash uyiga borishini aytganligini, shunda Farxod bilan birga yashash uyiga borganligini, bu paytda ikki nafar mijozlar uyida bo‘lganligini, shundan so‘ng yashash uyidagi ikki nafar mijozlar undan uyida bir oz muddat karta o‘yini o‘ynab dam olishni so‘rashganligini, shunda taklifiga rozi bo‘lib ikki nafar mijozni va Farxodni yashash uyi ayvoniga olib kiritganligini, shunda ularga o‘zining yashash uyida saqlab kelayotgan 1 dona qutidagi o‘yin kartalarini berganligini, ular undan kartani olib o‘zaro 5.000 so‘mdan tikilgan holda “uchtalik” turdagi o‘yin o‘ynay boshlaganliklarini, o‘yin davomida ular unga o‘zi ham o‘yinga qo‘shilishini, o‘yin davomida “chillik” karta chiqqan paytda uy egasi hamda sharoit yaratib berganligi evaziga 5.000 so‘mdan pulni o‘ziga olishini aytishganligini, shu kuni o‘yin davomida “chillik” karta jami 8 marotaba chiqqanligini, o‘yinga tikilgan pullardan jami 40.000 so‘mini olganligini, shu kuni soat taxminan 24-00 larda yashash uyiga bir necha nafar o‘zlarini IIB xodimlari deb tanishtirgan shaxslar xolis fuqarolar ishtirokida kelishganligini, IIB xodimlari holat bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilayotganligini ma’lum qilishganligini va o‘yin davomida tikilgan 400.000 so‘mga yaqin aniq miqdorini bilmaydi, pullarni o‘zi o‘yin davomida olgan 40.000 so‘m hamda ularga o‘yin kartasini bergan uchun olgan 20 ming jami 60 ming so‘m pullarni hamda Farxodning shimi orqa cho‘ntagida bo‘lgan bo‘lgan 400 ming so‘m pullarni hamda o‘yin kartalarni xujjatlashtirib olishganligini, shu kuni uyida qimor o‘ynagan shaxslardan faqatgina Farxodni tanishini, ikki nafarini tanimasligini, boshqa biror kishi bo‘lmaganligini, shu kuni uyida oila a’zolarining barchasi bo‘lganligini, ammo ular uyda karta o‘yini o‘ynash boshlanganda uxlab qolishganligini, ularning bu holatdan xabari bo‘lmaganligini, harakati jinoyat ekanligini tushunmaganligini, sodir qilgan qqilmishidan pushaymonda ekanligini bildirib suddan qonuniy yengillik berishni so‘ragan.
Natijada, Sud Sudlanuvchi Choriev Bazar Odilovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 278-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topiib, Unga Jinoyat kodeksi 278-moddasining 1-qismi bilan shu Kodeksning 57-moddasiga qo‘llanib ishlash yoki o‘qish vaqtidan, shuningdek ish yoki o‘qish joyigacha borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtlarda Jarqo‘rg‘on tumani, Maslahattepa mahallasidagi uyidan chiqishi cheklangan holda 3 (uch) yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.
Surxondaryo viloyat sudi
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Sudlov hay’ati sudyasi M.Malikov