HAR BIR FUQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHI ZARUR

Korrupsiya jamiyatni yemiruvchi illat bo‘lib, u ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanishga, demokratiya asoslariga va qonun ustuvorligiga to‘sqinlik qiladi.

Korrupsiya so‘zi – lotincha “pora berib sotib olish” ma’nosini anglatib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi. Korrupsiya jinoyat qonunchiligida o‘zi mustaqil jinoyat tarkibi bo‘lmay, balki bir qator mansabga oid jinoyatlarni qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir.

Xususan, uning tarkibiga mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator jinoyatlar kiradi.

Ta’kidlash lozimki, korrupsiya, eng avvalo, inson huquqlarini ta’minlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. Erkin bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga, hayot darajasining pasayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda korrupsiya fuqarolarning davlat boshqaruvi idoralariga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishiga olib kelib, uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga zamin yaratadi va insonlarning xavfsizligiga tahdid soladi.

Ya’ni har qanday salbiy holat singari korrupsiya ham jamiyat rivojiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu boisi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi  keksin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Jumladan, buning asosi sifatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi ”gi Farmonning qabul qilinishi, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyasining  tashkil etilishi, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat Dasturining tasdiqlanishi mamlakatimizda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora–tadbirlar, vazifalarni amalga oshirishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani e’tirofga molik.

Ta’kidlash joiz, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Davlatning konstitutsiyaviy asoslarini, qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

   Shu bois, korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo‘llash samarali hisoblanmaydi, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamiyatning o‘zaro jipsligi talab etiladi.

   Korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar quyidagilar hisoblanadi:

Aholi huquqiy savodxonligining pastligi – aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.

Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar – ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi.

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi ekan bunga qarshi barchamiz  kurashib, bu borada o‘z xissamizni qo‘shishimiz, buni o‘zimizning xatti harakatlarimiz, bilimimiz va targ‘ibot qilishimiz, hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat yuritishimiz lozim.

  Shunday ekan, o‘zimizga xulosa qilishimiz, kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo o‘zimizni o‘zimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyanining har qanday ko‘rishnishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurdir. Qabul qilingan farmon va qonun esa davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi.

Xulosa sifatida aytish lozimki, korrupsiyaga sezilarli zarba berish uchun, eng avvalo, jamiyatdagi barcha fuqarolar o‘z huquq va burchlarini bilishlari bilan bir qatorda, unga shaxsan rioya qilish va boshqalardan ham shuni talab qilish hamda mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish lozimdir.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz

shahar sudi sudya yordamchisi                                 N.B.Xasanova