Qumqo’rg’on tuman prokurori “Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2025-yil 19-maydagi O’RQ-1065-sonli Qonuni yuzasidan.
Keyingi yillarda mamlakatimizda insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatga qarshi kurashishga hamda mazkur jinoyatdan jabrlanganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat uchun jazo choralarini kuchaytirish va mazkur jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib sanksiyalarni belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
Ushbu Qonun odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat sodir etilishi hollarining oldini olishga, odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Sh.B.Akramov Qumqo’rg’on tuman prokurori