Mahorat darsi

Mahorat darsi oʻquvchilarga amaliy koʻnikmalarni oshirishga moʻljallangan dars turi hisoblanadi. Bu darslar oʻquvchilarga nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash imkonini yaratadi va koʻproq tajriba orttirishga yordam beradi. Qumqoʻrgʻon tumanidagi 20-bolalar musiqa va sanʼat maktabida «Xalq cholgʻulari» xaftaligi yuzasidan «Doira» sinfi oʻqituvchilari Choʻtboev Bahtiyor va Xoliqov Dilmurodlarning mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Mahorat darsiga Shoʻrchi tumani 7-bolalar musiqa va sanʼat maktabining «Doira» sinfi oʻqituvchisi, «Xalq taʼlimi aʼlochisi» unvoni sohibi Pardayev Olim Boʻriyevich tashrif buyurdi. Ustoz koʻp yillik tajribalari, bilim va koʻnikmalarini shu yerda yigʻilgan oʻquvchilarga ulashdilar. Sahnada sanʼat naʼmunalaridan ijro etdilar. Yigʻilgan barcha tomashabinlarga bu ijrolar yaʼni chiqishlar juda ham manzur boʻldi. Tadbir yakunida Pardayev Olim Boʻrievichga maktab maʼmuriyati tomonidan tashakkurnoma topshirildi.

Rajabova Yulduz Xolmatovna,

20-bolalar musiqa va sanʼat maktabi Oʻquv ishlari va Maʼnaviy-Maʼrifiy ishlar boʻyicha Direktor oʻrinbosari