Ushbu vazifa doirasida Agentlik vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning birgalikda samarali faoliyat yuritishini tashkil etadi.
Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
– korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha strategiya va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
– korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
– mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taʼminlaydi, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini o‘rganadi;
– BMT korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablarining bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imidjini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
– har yili O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy maʼruzani tayyorlaydi.
– Fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va boshqa nodavlat sektor vakillarining korrupsiyaga qarshi jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi faoliyatiga ko‘maklashadi.
Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolat doirasida boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Rustam Xurramov,
Qumqo`rg`on tuman adliya bo`limi rahbari