Konstitutsiya O‘zbekistonni suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb e’lon qilib, xalqning manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini anglatadi. Konstitutsiya inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsizhuquqlari oliy qadriyat tamoyilining kafolatidir. Asosiy qonunimiz O‘zbekistonni ijtimoiy davlat sifatida belgilab, bu davlat o‘z fuqarolarining munosib hayot kechirishi, bandligi, uy-joyga bo‘lgan huquqi, ijtimoiyhimoyasi va kam ta’minlanganlarga ko‘mak berishni kafolatlashini anglatadi.
Inson huquq va erkinliklari har bir insonning ajralmas huquqi bo‘lib, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi shaxs qo‘lga olinganda uning huquqlari tushuntirilishi shart. Shaxsning jinoyat sodir etishdaaybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmibilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi lozim. Shuningdek qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalarham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga halqilinishi zarur. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yokisudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin. Agar shaxsning o‘z aybini tanolganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas. Shu jumladan, Konstitutsiyada Xabeas korpus instituti mustahkamlangan bo‘lib, shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas. Har biri nson erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsizyoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqatarzdagi munosabatga duchor etilishi mumkin emas. Hech kimning uy-joyiga uning xohishiga qarshikirishga, uni ko‘zdan kechirishga yoki tintuvo‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Telefon orqali so‘zlashuvlar, yozishmalar, pochta, telegraf va boshqaaloqa turlari orqali uzatiladigan xabarlar sirini saqlash qonun bilan kafolatlanadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi B.Tagayev