QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR!!!

Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 16-iyundagi O‘RQ 1069-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni ham yuqoridagi islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz.

Shu vaqtgacha amalda bo‘lgan qonunchilikka ko‘ra, mansabdor shaxs tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan taqdirda bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin edi. Endilikda ushbu jarimaning miqdori BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha etib belgilandi.

Shuningdek, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar ijro ishini yuritishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslarga, ularning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali, shuningdek yuridik shaxslarga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi qat’iy belgilab qo‘yilmoqda.

O‘ylaymizki qonunchilikka kiritilgan ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar Majburiy ijro byurolarining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish borasidagi faoliyatni sifat jixatdan yangi bosqichga olib chiqadi.

Jinoyat ishlari bo’yicha

Qumqo’rg’on tuman sudi

Devonxona mudiri                                    Q.R.Zubaydullayev