Ko‘rinishdan tuproqdayin oddiy gohi,
Yerday hokisor, yerdan uzilmas nigohi.
Sherday na`ra tortgan ammo kerak chog‘i
Ma`rifatli mard insonlar kerak bizga.
Ko‘ngilda pok niyat bo‘lsa nur bulog‘i,
Jaholatga qarshi chiqqan har bir oni,
Butun dunyo qalqonlari, qosh-qarog‘i
Ma`rifatga to‘la zotlar kerak bizga.
(Muhammad Yusuf)
Ma`rifat yillar davomida tarbiyalanib boradi va inson qalbiga singib boradi. Inson ma`rifatning oltin mevasi bo‘lgan kitoblardan ziyo nurini oladi. Inson qancha ko‘p bilim olsa, bilim olish uchun tirishsa, demak bilingki, bu insonda MA`RIFAT NIHOLLARi bo‘y cho‘zmoqda. Bunday insonlarga e`tibor berilsa, qo‘llab-quvvatlansa, albatta nihollar ko‘kka yuksalib bo‘y cho‘zaveradi.
Bunday nihollarning ko‘kka intilishlariga qarshilik tug‘diradigan shunday bir kuch borki, u qalbingizdagi quyosh nurlarini tuman bo‘lib to‘sib qo‘yishga urinadi. Shu o‘rinda jaholat tushunchasiga keladigan bo‘lsak, Jaholat – bu juda ham qora so‘z, inson qalbini bulg‘ovchi tuyg‘u bo‘lib hisoblanadi. Jaholat va johillik hech qachon o‘z- o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ya`ni insonga nafrat, unga ezgu amallarni tilamaslik hech qachon o‘z- o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Nimadir bunga sabab bo‘ladi-ki, inson qalbida qandaydir kuchli qo‘rquvmi, yoki kuchli nafrat tugunimi paydo bo‘ladiki inson ma`rifati va aql-u zakovati ojizlik yoki zaiflik qilib bu qo‘rquv yoki nafratni yenga olmaydi. Natijada esa jaholat insonni asta-sekin o‘z domiga tortib ketaveradi, o‘zining zulmat, qo‘rqinch va alamga to‘la yutib yuboruvchi yo‘laklari sari yetaklayveradi. Inson ruhan kuchi, ma`nan kuchli yetuk bo‘lsa bu jaholat domi zulmatini o‘z ziyosi ila yengib chiqa oladi.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘qituvchi hamda o‘quvchi yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida tuman hokimi o‘rinbosari N.Allanazarov, tuman diniy qo‘mita bosh mutaxassisi J.Boboyev, tuman ma`naviyat va ma`rifat bo‘linmasi rahbari Sh.Mamadiyev ishtirok etishdi. Zeroki biz jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashar ekanmiz, ma`rifatimizni yuksaltirishimiz uchun ko‘plab kitoblar o‘qishimiz, dunyoviy va yetarli darajada diniy bilimlarga ega bo‘lishimiz lozim. Chunki bunday shaxslar qalbida zulmga o‘rin bo‘lmaydi. Dinning maqsadini bilgan, uni tushungan inson hech qachon qalbida birovga qarshi yomon niyat-u amal bu yoqda tursin, yomon o‘ylar, yomon so‘zlarni ham hech qachon o‘ylamaydi. Zulm, qahr va adovat bo‘lmagan joyda esa jaholat urug‘lari zinhor va zinhor unmaydi. Go‘yoki urug‘ tuproq va suvsiz unib chiqa olmas ekan jaholat ham xuddi shunday, zulm va adovatsiz, qaxrsiz quruq toshga aylanadi. Shunday ekan bunday toshlarga aslo suv va tuproq, havo berib uni qahr urug‘iga aylantirmasligimiz lozim.
Butun dunyoning tiragi, millatlar kelajagi bo‘lgan yoshlar, keling qo‘lni qo‘lga beraylik, jipslashaylik, birlashaylik, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashib, ma`rifat olovini manguga yoqaylik. Zero nuri ila butun olamni nurafshon aylasin.
Qo‘lni- qo‘lga berib olamni qutqaraylik, qalblarimiz birga ekan, Ma`rifat nuri aslo so‘nmaydi!
Rayhon Mengziyayeva